PHP 5
PHP haqida!

Siz nimani bilishingiz kerak ?

Davom etishdan oldin siz quyidagilarni asosiy tushunchaga ega bo'lishingiz kerak:

  • HTML
  • CSS
  • JavaScript

PHP nima?

  • PHP "PHP: gipermatnli preprocessor" ni qisqartirilgan shakli.
  • PHP keng tarqalgan va ishlatiladigan, ochiq manba kodlash tilidir.
  • PHP skriptlari serverda bajariladi.
  • PHP yuklab olish va foydalanish uchun bepul.

PHP nima qila oladi?

  • PHP dinamik sahifa tarkibini yaratishi mumkin
  • PHP serverdagi fayllarni yaratishi, ochishi, o'qishi, yozishi, o'chirishi va yopishi mumkin
  • PHP formadagi ma'lumotlarni to'plashi mumkin
  • PHP cookie larni yuborishi va qabul qilishi mumkin
  • PHP ma'lumotlar bazasida ma'lumotlaringizni qo'shish, o'chirish, o'zgartirish mumkin
  • PHP foydalanuvchidan foydalanishni boshqarish uchun ishlatilishi mumkin
  • PHP ma'lumotlarni shifrlashi mumkin

PHP bilan chiqishda HTML bilan cheklanmaysiz. Tasvirlarni, PDF-fayllarni va hatto Flash-filmlarni chiqarishingiz mumkin. Siz XHTML va XML kabi har qanday matnni ham chiqara olasiz.


Nima uchun PHP?

  • PHP turli platformalarda (Windows, Linux, Unix, Mac OS X va boshqalar) ishlaydi.
  • PHP bugungi kunda deyarli barcha serverlar (Apache, IIS, va boshqalar) bilan mos keladi.
  • PHP keng ma'lumotlar bazalarini qo'llab-quvvatlaydi
  • PHP bepul. Uni rasmiy PHP manbasidan yuklab oling: www.php.net
  • PHP ni o'rganish oson va server tomonida samarali ishlaydi.

Site is in test mode